Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 583 YILLIGI KO’TARINKILIK BILAN NISHONLANMOQDA

×

 2024-02-09 11:19:01    2112

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirlari viloyatimizda ham ko’tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Bugun erta tongdan Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, adabiyotshunos olimlar, ziyolilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov tadbirda so’z olib, yig’ilganlarni hazrat Navoiy tavalludi bayrami bilan qutladi, bobokalonimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, uning asarlaridagi ma'naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Farg’ona davlat universiteti katta o’qituvchisi, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Mirolimbek Hamidov Navoiyning asarlaridagi barcha davrlarga xos ma'naviy qudrat bilan bog’liq xususiyatlar haqida tahliliy so’z yuritdi.

Tadbir davomida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari tomonidan Alisher Navoiy g’azallaridan namunalar, she'rlar o’qildi. Sahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Shoirga ehtirom tadbiri so’nggida yig’ilganlar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yib, hurmat bajo keltirdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram