Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA QOZOG’ISTON O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYADI
2024-02-09 21:02:52 2130
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qozog’istonning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulovni qabul qildi. Kengaytirilgan tarkibdagi Qozog’iston elchixonasi delegatsiyasi mamlakatimiz hududlarini o’rganish doirasida viloyatimizda bo’lib turibdi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Qozog’iston o’rtasida hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini bugungi holati tahlil qilindi, rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi mehmonlarni Farg’ona viloyatida qutlar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yaxshi qo’shnichilikka asoslangan tashqi siyosat natijasida so’nggi yillarda O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan, Qozog’iston bilan barcha jabhalardagi aloqalari jadal sur'atlarda yuksalib borayotgani, o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlanganiga e'tibor qaratdi. Viloyatning har sohada salohiyati yuqori ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov, qozog’istonlik tadbirkorlar bilan iqtisodiyotning ko’plab yo’nalishlarida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi. Viloyat rahbari tekstil-trikotaj, kimyo sanoati, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash, charm-poyabzal sanoati kabi sohalarning viloyatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tutishini aytib, bu sohalarda o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish masalasini o’rtaga tashladi.
Farg’ona viloyati bugun respublika hududlari o’rtasida iqtisodiyoti va sanoatlashishi bo’yicha eng yuqori o’rinlarda ekanini qayd etgan Beybut Atamkulov, viloyatimizga tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad Qozog’istonning rivojlangan viloyatlari bilan Farg’ona o’rtasida to’g’ridan to’g’ri hududlararo hamkorlikni yo’lga qo’yishga ko’maklashish ekanini ma'lum qildi. Ikki kunlik o’rganishlari davomida viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida, paxta-to’qimachilik klasterlarida olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashgan Qozog’iston elchisi, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligidagi eng zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarni yuqori baholadi.
Innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tatbiq etib, minglab yangi ish o’rinlarini yaratayotgan, mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri bo’lgan Farg’onadagi “Global textile” MChJ tomonidan Qozog’istonning Turkiston viloyatida “Global Textile Turkestan” paxta-to’qimachilik klasteri loyihasi muvaffaqiyatli davom ettirilayotgani qayd etildi.
Hozirgi kunda Farg’ona viloyatida Qozog’iston kapitali ishtirokida 19 ta korxona faoliyat olib borayotgani, Farg’ona viloyatining Qozog’iston bilan tashqi savdo aylanmasi o’tgan yilda 245 mln. dollarga teng bo’lgani qayd etilib, bu ko’rsatkichlarni sezilarli darajada oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va salohiyat mavjudligi ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida shuningdek, oliy ta'lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, viloyatimizda Qozog’istonning dunyoning top OTMlari reytingi ilk 1000 talikka kirgan universitetlaridan birining filialini ochish, farg’onalik yoshlarni grant asosida Qozog’iston universitetlarida ta'lim olishlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.
Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Farg’ona shahrida Almatiga to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.
Farg’ona viloyatlari rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning yaqin oylarda Qozog’istonning qator yirik viloyatlariga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram