Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA QURILISH SOHASIDA RESPUBLIKADA ENG NAMUNALI HUDUDGA AYLANTIRILADI
2024-02-13 17:57:29 2069
Bugun Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda 2024 yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo’jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar yuzasidan joriy yil 29 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi va oldinda turgan vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat va shahar-tuman hokimlarining qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, mas'ul mutasaddilar, quruvchilar, pudratchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Dastlab viloyat rahbari Ekoshaharda olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Viloyat hokimi har bir ob'ekt bo’yicha qurilish ishlarining borishini ko’zdan kechirib, mas'ullar va quruvchilar bilan suhbatlashdi, qurilish ishlarini muddatida, sifatli qilib yakunlash bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Shundan so’ng tashkil etilgan yig’ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qurilish sohasi bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli tashkil qilish va oldinda turgan vazifalar muhokama qilindi.
Qurilish iqtisodiyotning katta o’sish nuqtasi ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, qurilish har qanday davlatning taraqqiyotini tezlashtirishga va rivojlanishiga turtki bergan, aholini ish o’rinlari bilan ta'minlashga, daromadini oshirishga asosiy omil bo’lgan soha hisoblanishini ta'kidladi.
Yurtimizda ham qurilish sohasini, bozorini rivojlantirish, qurilishlar sifatini yuksaltirish, yangi infratuzilma ob'ektlari sonini oshirish, hajmini ko’paytirish, yangi shaharlar qurish, temiryo’l, avtomobil yo’llari barpo etish, sanoat zonalarini ko’paytirish masalalariga Prezidentimiz tomonlaridan alohida urg’u berilib, dasturlar qabul qilinayotganligi qayd etildi.
Yildan yilga ajratilayotgan mablag’lar soni va salmog’i ham oshib borayotgani, birgina viloyatimizga infratuzilma bo’yicha 3 yil oldin 500-600 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lsa, bu raqam 2022 yilda 1,3 trln. so’m, 2023 yilda esa 2,1 trln. so’mga yetdi. Bu mablag’lar bevosita davlat buyurtmachiligi asosidagi mablag’lar ekanligi, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, investorlar tomonidan ham mablag’lar ajratilayotganligi, bu sohaning jadal taraqqiy etayotganidan dalolat ekani aytib o’tildi.
Farg’onada ham bu sohaga alohida urg’u berilib, Ekoshahar misolida bugunga kelib, 75 ta turar-joy bitish arafasida. Massiv yonida sanoat zonasi qad rostlayotgani, qariyb 80 gektar maydonda park zonasi, odamlar dam olishlari uchun bog’lar, tadbirkorlar mablag’lari hisobiga uylar bitirilayotganligi ortida davlat turgani va shart-sharoitlar qilib berayotganligi alohida ta'kidlandi.
Ekoshahar qurilishining keyingi bosqichi ham jadal boshlanib ketishi, mahalliy tadbirkorlar bilan birga xorijiy investorlar ham mablag’ yo’naltirish istagida ekanligi, eng asosiysi, ushbu binolar ko’zga ko’rinib, yo’ldosh shaharcha bunyod bo’layotgani barchani mamnun etayotgani qayd etildi.
Prezidentimizga Farg’onani qurilish sohasida korruptsiyadan holi hududga aylantirish, odamlarni roziligi uchun ishlash va Farg’onani qurilish sohasida namunaga aylantirish bo’yicha berilgan va'dalar ijrosi uchun tinim bilmay harakat qilish zarurligi aytildi.
Qurilish sohasini nazoratga olish, qurilish sifatini, muddatini, foydalanilayotgan mahsulotlarning mukammal nazorat qilish uchun prokuratura qoshida alohida bo’lim ochilgani, bu jarayonda prokuratura organlariga ham nazoratni kuchaytirish bo’yicha bir qator topshiriqlar berilgani ta'kidlandi.
Yig’ilishda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ham so’z olib, topshiriqlar nuqtai nazaridan oldingi yillardagi holat, oldimizda turgan vazifalar bo’yicha axborot berdi.
Byudjetdan ajratilgan mablag’lar alohida nazoratda bo’lib, doimiy tekshirilishi, davlat mablag’lari sarflanishi bo’yicha Farg’ona tajribasini yaratish masalasi ham ko’rib chiqildi.
Shuningdek, xorij tajribasini o’rganib, quruvchilar mahoratini oshirish, qurilish materiallarini sifatli tanlash, loyihachilarning bilimini oshirish, o’qitish bo’yicha ham mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, quruvchilar darajasini ko’tarish, xorij bozoriga ham kirib boruvchi mutaxassislarni ko’paytirish kabi vazifalar qo’yildi.
Yosh kadrlarni xorijiy tillarga o’rgatib, hunarni puxta egallab xorijiy davlatlarda ham katta-katta loyihalarni amalga oshirish vaqti kelganligi va marrani katta olib, halollik bilan ish tashkil qilish kerakligi yana bir bor tushuntirildi.
Ma'lumot o’rnida, 2023 yilda aholini uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida jami 229 ta 8127 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurish hisobiga 1,8 trln. so’mlik qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi rejalashtirilib, bugungi kunda jami 229 ta 8152 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
2024 yilda viloyatda jami 165 ta 6500 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurish hisobiga 1,5 trln.so’mlik, xususan, 61 ta ko’p qavatli uylar, “Yangi O’zbekiston massivlari”da jami 2888 ta xonadonga ega uy-joylar barpo etiladi.
Bundan tashqari, uy-joyga talab yuqori bo’lgan boshqa hududlarda jami 104 ta 4062 xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram