
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
AFG’ONISTONDAGI HARAKATLAR CHOG’IDA JASORAT KO’RSATGAN VETERANLARGA EHTIROM KO’RSATILDI

2024-02-15 15:48:53 2043
Bugun Farg’ona shahridagi “Jasmin” tantanalar majmuasida O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 30 yilligi hamda Afg’oniston hududidan harbiy qo’shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 35 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Burhon Quldashev, “Veteran” birlashmasi viloyat bo’limi Kengashi raisi Muysinjon Mehmonov, birlashma a'zolari, Afg’onistonda yigitlik burchini o’tagan veteran harbiylar, Afg’on urushida halok bo’lgan hamda urushdan keyin vafot etgan askarlarning oila a'zolari ishtirok etdilar.
Tadbirda Afg’oniston tuprog’ida tinchlik uchun kurashda halok bo’lganlar xotirasi yod etildi, hozir oramizda bo’lgan veteranlarning bugungi kunda yoshlarni tarbiyalashdagi katta roli hamda o’rni, urush yo’lini bosib o’tgan jangchilar sifatida ularga vatanga muhabbat tuyg’ularini singdirib, yosh avlodni haqiqiy vatanparvar etib tarbiya qilayotganliklari alohida e'tirof etildi hamda ehtirom ko’rsatildi.
Afg’on urushi faxriylarining katta guruhiga “O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi 30 yilligi” yubiley medallari hamda viloyat hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.
Tadbir viloyatimiz san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.
Ma'lumki, qo’shni Afg’oniston hududida tinchlikni ta'minlash maqsadida 1979 yil 25 dekabrda boshlangan harbiy harakat, 1989 yil 15 fevral kuni Hayraton ko’prigi orqali qo’shinlarimizning olib chiqib ketilishi bilan yakun topgandi.
Afg’on zaminida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun Farg’ona viloyatidan 10 mingdan ziyod askarlar ishtirok etishgan, 171 nafar jangchilar qo’shni yurtda qahramonlarcha halok bo’lishgan, 915 nafari yarador bo’lib qaytishgan.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram