Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BELBOG’LI KURASHDA FARG’ONALIKLAR G’OLIB BO’LISHDI
2024-02-17 15:46:30 1555
Mamlakatimiz bo’ylab professional ta'lim muassasalari o’rtasidagi “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o’tkazilmoqda. 15-16 fevral kunlari ushbu musobaqaning belbog’li kurash turi bo’yicha o’tkazilgan final bellashuvlariga Farg’ona shahri mezbonlik qildi.
Azaldan polvon va mohir kurashchilari bilan jahonga tanilgan yurtimiz yoshlari o’z mahoratlarini namoyish qildilar. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan sportchi yoshlar – litsey, kasb-hunar maktabi, texnikum o’quvchilarining har bir chiqishi olqishlar bilan kutib olindi. Bellashuvlarni tajribali murabbiylar, faxriy kurashchilar, keng jamoatchilik vakillari kuzatib borishdi.
Ikki kun davom etgan musobaqa natijasiga ko’ra, mezbon viloyat vakillari umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallashdi. Farg’ona viloyati o’quvchi-yoshlari 9 ta (4 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qo’lga kiritishdi.
Musobaqa g’oliblari va faol ishtirokchilar viloyat hokimligi hamda mas'ul boshqarmalar tomonidan esdalik sovg’alar, diplomlar bilan taqdirlandi.
Ta'kidlash kerak, “Barkamol avlod” sport musobaqalarida Farg’ona viloyati yoshlari badminton, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol, erkin kurash kabi sport turlari bo’yicha ham faol ishtirok etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram