Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
G’ANIJON SOLIYEV BAG’DOD TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI
2024-02-19 21:21:29 1828
Bugun, 19 fevral kuni Xalq deputatlari Bag’dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Yusufjon Xusainov o’rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Soliyev G’anijon Sheraliyevich nomzodi Bag’dod tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo’llab-quvvatlandi va hozirga qadar Bag’dod tumani “Xo’jaqishloq” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha hokim yordamchisi bo’lib ishlab kelgan G’anijon Soliyev Bag’dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
G’anijon Soliyev 1979 yilda Bag’dod tumanida tug’ilgan. Toshkent moliya institutini iqtisodiyot yo’nalishida tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002 yilda Uchko’prik tumani moliya bo’limida boshlagan. Turli yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasida, Farg’ona viloyati moliya boshqarmasida, Farg’ona shahar va Bag’dod tumani moliya bo’limlarida mas'ul lavozimlarda ishlagan.
2014-2017 yillarda Oltiariq tumani hokimining o’rinbosari, 2017-2020 yillarda Bag’dod tumani hokimining birinchi o’rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-2022 yillarda Farg’ona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari bo’lgan.
G’anijon Soliyev 2022 yil 11 yanvardan buyon Bag’dod tumani “Xo’jaqishloq” MFYda hokim yordamchisi bo’lib faoliyat ko’rsatib kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram