Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
QODIRJON ERKABOYEV UCHKO’PRIK TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI
2024-02-20 12:12:42 1569
19 fevral kuni Xalq deputatlari Uchko’prik tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda lavozimidan ozod etilgan Abrorjon Asqarov o’rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.
Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Erkaboyev Qodirjon Nosirjonovich nomzodi tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va “O’zsanoatqurilishbank” ATB Farg’ona mintaqaviy filiali boshlig’i bo’lib ishlab kelgan Qodirjon Erkaboyev Uchko’prik tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Qodirjon Erkaboyev 1988 yilda Beshariq tumanida tug’ilgan. Farg’ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2013 yilda Markaziy bank Farg’ona viloyati Bosh boshqarmasida boshlagan hamda 2020 yilga qadar qator mas'ul lavozimlarda faoliyat olib borgan, 2019-2020 yillarda Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, 2020-2021 yillarda birinchi o’rinbosari bo’lgan.
Qodirjon Erkaboyev 2021 yil 10 avgustdan buyon “O’zsanoatqurilishbank” ATB Farg’ona mintaqaviy filiali boshlig’i bo’lib faoliyat ko’rsatib kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram