Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYALIK TADBIRKORLAR VILOYATIMIZDA QATOR SOHALARDA INVESTITSIYAVIY LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-02-20 17:11:22    1689

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan yaponiyalik tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o’tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyalari tomonidan viloyatimizda tibbiyot, keramika, qishloq xo’jaligi va boshqa qator sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiyalik tadbirkor Ayako Morishima bir necha yildan buyon Kunchiqar yurtida serquyosh diyorimizda pishgan darmondorilarga boy va ekologik toza sarxil mevalar hamda kulolchilik mahsulotlari savdosini yo’lga qo’ygan. Samimiy suhbatda Ayako Morishima o’zaro hamkorlik ko’lamini kengaytirish maqsadida bir qator yirik kompaniyalari vakillari bilan kelganligini ma'lum qilib, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish tashabbusini ilgari surdi.

O’z navbatida viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov keyingi yillarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini ta'kidlab, yangi investitsiya loyihalari va tashabbuslar uchun viloyat hokimligi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishi hamda har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini bildirdi.

Yuzma-yuz muloqotda muhokama qilingan masalalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi. 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram