Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DANG’ARA TUMANIDA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLAYOTGAN KORXONALAR KO’PAYMOQDA
2024-02-23 00:15:06 1355
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang’ara tumanidagi o’rganishlari davomida mahalliy aholining bandligini ta'minlashda muhim bo’lgan tadbirkorlarning yangi loyihalarini ko’zdan kechirdi.
Uvaysiy MFYda tadbirkor Otabek Hasanov tashabbusi bilan ishga tushgan “Metall Stroy” korxonasida ishlayotgan 30 nafar ishchi-xodimlarga 3,5 mln. so’mdan 6 mln. so’mgacha ish haqi to’lanmoqda.
Ushbu mahallada xotin-qizlar uchun poyabzallar ishlab chiqarilayotgan korxonada esa 2,5-3 mln. so’mgacha ish haqi berilib, 30 nafardan ziyod mahalladagi fuqarolar bandligi ta'minlangan.
Navbahor MFYdagi tadbirkor Esonali Jo’rayev rahbarligidagi “Magnat metal” korxonasida tunuka mahsulotlari ishlab chiqarilib, unga ishlov berilmoqda. Korxona mahsulotlarini Tojikistonga eksport qilish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shuningdek, Navbahor MFY, Sanoat ko’chasida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan “Akmalxon Iqboljon Abrorjon” oilaviy korxonasi tomonidan kalava ipni bo’yash loyihasi, elektroskuterlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi, silikokaltsiy, ferromarganets, ferroxrom metall qorishmalari ishlab chiqarilayotgan korxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
O’rganishlar davomida tadbirkorlar bilan muloqotda bo’lgan viloyat hokimi, yangi loyihalarni tez va sifatli amalga oshirish zarurligini ta'kidladi. Tuman sektorlari rahbarlariga aholi uchun ish o’rinlarini yaratish va turmush sharoitlarini yaxshilash bo’yicha samarali ish tashkil etish borasida vazifalar belgilab berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram