Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
DANG’ARADA YANGI ISH O’RINLARINI YARATISH VA AHOLI TURMUSH SHAROITLARINI YAXSHILASH MASALALARI YANADA USTUVOR VAZIFAGA AYLANADI
2024-02-23 00:52:24 1042
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Dang’ara tumanidagi o’rganishlari davomida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalari faoliyatini ko’zdan kechirdi.
“Chinobod-1” kichik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar hamda joylashtirilayotgan investitsiya loyihalarini ko’rgan viloyat rahbari bu yerdagi ishlarni yanada jadal olib borish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi.
Yangi loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish zarurligini ta'kidladi. Shu yerda tuman sektorlari rahbarlariga ham sanoat zonalari faoliyatini jonlantirish, aholi uchun yangi ish o’rinlarini yaratish va turmush sharoitlarini yaxshilash bo’yicha samarali ish tashkil etish borasida vazifalar belgilab berdi.
Ma'lumki, “Chinobod-1” kichik sanoat zonasi 9 gektar maydonda tashkil etilgan. Shundan qariyb 8 gektar maydonda qiymati 98,8 mlrd. so’mlik 15 ta loyihalar joylashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram