Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QUVASOY SHAHRIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI, AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH BORASIDA QILINAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-02-24 19:53:40    1176

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shahar va tumanlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yangi ishlab chiqarish loyihalari, aholi bandligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish, berilgan topshiriqlar ijrosini sektorlar rahbarlari tomonidan ijrosini o’rganish doirasida bugun Quvasoy shahrida bo’ldi. Xayrullo Bozorovga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov hamrohlik qildi.

Dastlab “Do’stlik” shaharchasidagi “82-KMK”ga qarashli temir-beton mahsulotlari korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur korxona 2012-2013 yillarda ish boshlagan bo’lib, so’nggi uch yilda Xitoy va Rossiyadan yangi texnologiyalar olib kelinib, faoliyati yanada kengaytirildi. Dastlab 41 ta ish o’rni bo’lgan bo’lsa, hozirda 300 ta yangi ish o’rni yaratildi.

Tadbirkor Mo’ysinjon Mehmonov viloyat rahbarini korxonadagi ish jarayonlari, yangi texnologiyalar bilan tanishtirdi. Joriy yilning birinchi choragida yana 5 milliard so’mlik yangi loyiha ishga tushirilib, qo’shimcha 80 tadan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilishini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi Pakana MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida ham bo’lib, hududdagi yangi korxonalar faoliyatini o’rgandi.

Hududdagi kichik sanoat zonasida turkiyalik investorlarning 3,5 million dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari hisobiga “AKPAMUK” MChJ xorijiy korxonasi ish boshladi, mazkur korxonada 30 xil turdagi kalava iplarni turli ranglarga bo’yash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda turkiyalik mutaxassislar tajribasidan foydalangan holda birgalikda ishlanmoqda.

Hududdagi “IDECOMEBELS” MChJning loyiha qiymati 10 milliard so’m tadbirkor Baxtiyor Usmonovning o’z mablag’lari hisobiga ishga tushirilgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida asosan yumshoq mebel mahsulotlari ishlab chiqariladi, hozirda 50 dan ziyod ish o’rni yaratilgan. Mahsulotlarni Tojikiston va Qirg’izistondagi mebel do’konlariga yetkazib berish bo’yicha kelishuvlar olib borilmoqda.

"BLUE CARBON" MChJ xususiy korxonasi rahbari Mo’ydinjon G’ofurov Xitoylik investorlar bilan qo’shma korxona ochib, quyosh panellari, yoritish uskunalir va quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Joriy yil 2-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha uchun 10 million dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirildi. Korxona ishga tushishi natijasida 50 ta ish o’rni yaratiladi. Mahsulotlar asosan YEvropaga eksport qilinadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram