Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ANVARJON ABDULLAYEV QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI
2024-02-24 20:00:17 809
Bugun Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ilyosbek Novikov o’rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Abdullayev Anvarjon Aliyevich nomzodi Qo’shtepa tumani deputatlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va hozirga qadar viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelgan Anvarjon Abdullayev Qo’shtepa tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Anvarjon Abdullayev 1982 yilda O’zbekiston tumanida tug’ilgan. 2004 yilda Farg’ona politexnika institutini tamomlagan. 2004-2014 yillar davomida Qo’qon shahar statistika bo’limida, 2014-2022 yillarda Farg’ona viloyati, O’zbekiston va Dang’ara tumani hokimliklarida mas'ul lavozimlarda, 2022-2023 yillarda esa Farg’ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlagan.
2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i bo’lib faoliyat ko’rsatib kelayotgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram