Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQ TUMANIDA QAYTA ISHLANGAN QURUQ MEVA MAHSULOTLARI EKSPORTGA YO’NALTIRILMOQDA

×

 2024-02-27 11:57:36    992

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Beshariq tumanida bo’lib, tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish loyihalari va aholi bandligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab “Vorux-Dasht” MFY hududida joylashgan “Trustagro” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan quruq mevani qayta ishlab, tayyor mahsulot holida eksportga chiqarilayotgan korxona faoliyati hamda ish jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Ra'noxon Madrahimova tashabbusi va uning 10 mlrd. so’m o’z mablag’i hisobiga ushbu korxona 2023 yilning 3-choragida ishga tushirildi. Korxonada olxo’ri, o’rik (bargak), namatak, yong’oq kabi mevalar qayta ishlanib, tayyor mahsulot holatiga keltirilmoqda. Bu jarayonda 50 ta mahalliy aholi band qilingan.

Mahsulotlar Rossiya, Belorus, Polsha va Latviya, bu yildan Xitoy va Arab davlatlariga ham eksport qilinmoqda. O’tgan 2023 yilda 2,2 mln. dollarlik eksport amalga oshirilgan bo’lsa, bu yil bu ko’rsatkichni 5 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi tadbirkor bilan suhbat davomida korxonani yanada rivojlantirish, mahsulotlarni qadoqlash joyini ham ochish kerakligi bo’yicha tavsiyalarini berdi.

Shu joyda “Bo’ston” va “Yangiqo’rg’on” MFY hududida joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan mevani qayta ishlash loyihalari taqdimoti ham o’tkazildi. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram