Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQDA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI KO’PAYTIRILIB, YANGI ISH O’RINLARI YARATILMOQDA

×

 2024-02-27 12:55:46    1047

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanidagi o’rganishlari davomida “Beshariq kabel” MChJ qo’shma korxonasi tomonidan amalga oshirilgan kabel ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu korxona tojikistonlik sarmoyadorlarning 1 mln. dollar investitsiya kiritishi hisobiga 2023 yilning 2-choragida foydalanishga topshirildi, 20 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan. “Great Amirkhon CABLE” brendi ostida chiqarilayotgan kabel mahsulotlarini Qirg’izistonga yetkazib berish bo’yicha ham kelishuvlar olib borilmoqda.

Keyingi manzilda “Vodiy naslli parranda” fermer xo’jaligi rahbari, tadbirkor Bohirjon Turdaliyev tomonidan “Vatan” MFYda amalga oshirilayotgan parrandachilik loyihasi ko’zdan kechirildi.

Bu yerda Germaniyaning “Xelman” kompaniyasidan zamonaviy jihozlar olib kelinib, 90 mingdan ziyod parranda parvarish qilinib, ulardan 97 foiz tuxum olinmoqda. Shuningdek, joriy yil aprel oyida yana 90 mingdan ziyod parrandani parvarish qilish imkonini beruvchi yangi loyiha ishga tushiriladi.

“Abdurazzoq” ota MFY hududida xotin-qizlar bandligini ta'minlash markazi faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, hozirda mahalladagi 25 nafar ayollar ish bilan ta'minlangan. Bu yerda asosan erkak va ayollar uchun futbolkalar tayyorlanadi. Yiliga 200 million so’m daromad olinmoqda.

Viloyat hokimi markaz rahbari Jasurbek Qurbonovga xonalarni kengaytirib, zamonaviy tikuv dastgohlarini o’rnatish hisobiga ish o’rnini ko’paytirish hamda mahsulotlarni brend ostida sotuvga chiqarish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Shu kuni “Drujba un kombinati” xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha ham borib ko’rildi.

2-bosqichda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan loyiha uchun 11,5 mln. dollar xorijiy investitsiya yo’naltirilgan. 1-bosqichda un ishlab chiqariladi. Hozirda qurilish ishlari yakuniga yetgan. Turkiyadan texnologiyalar keltirilib, o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Loyiha joriy yil aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo’lib, 150 ta ish o’rni yaratiladi.

2-bosqichda esa un mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kengaytirilib, makaron va qandolat mahsulotlari tayyorlash ham yo’lga qo’yiladi. Ushbu loyiha 2025 yil yakunida ishga tushadi.

Har bir loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatda bo’lgan viloyat hokimi loyihalarni tezlashtirish, yanada kengaytirish va ish o’rinlarini ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram