Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQ TUMANINING TOJIKISTON BILAN CHEGARASIDA TASHKIL ETILAYOTGAN “ANDARXON” SAVDO-LOGISTIKA MARKAZIDA QURILISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

×

 2024-02-27 13:12:18    1249

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi “Andarxon” nazorat-o’tkazish punkti yonida barpo etilayotgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasiga bog’liq Savdo-logistika markazi qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Ma'lumki, 2023 yilning mart oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Tojikistonning So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda ishtirokida mazkur Savdo-logistika markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo’yilgan edi.

Mazkur Savdo-logistika markazi 6 gektar maydonda joylashishi ko’zda tutilgan bo’lib, loyiha qurilishiga 86 mlrd. so’m miqdorida mahalliy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Majmuadan 200 ta savdo do’konlari, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe-restoranlar joy olishi belgilangan. Savdo-logistika markazi ishga tushirilishi natijasida O’zbekiston hamda Tojikiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdo do’konlariga joylashtiriladi hamda savdo aloqalariga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu joyda xizmat ko’rsatish sohasida ming nafar aholi bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan.

“Sobirtepa” massivi hududidagi ushbu Savdo-logistika markazining qurilishi ikki qo’shni davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy ulgurji va chakana savdoni rivojlantirish uchun muhim poydevor bo’ladi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram