Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BESHARIQDA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHGA QARATILGAN IJTIMOIY LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-02-27 13:55:48    1170

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi 60-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib, o’quvchilarga kasb-hunar o’rgatish jarayonlari bilan tanishdi.

Ushbu maktabda o’quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo’nalishlarda mashg’ulotlar olib boriladi. Misol uchun pazandachilik yo’nalishida 52 nafar, o’yinchoqlar va buyumlar yasash yo’nalishida 58 nafar, tikuvchilik yo’nalishida 54 nafar hamda axborot texnologiyalari sohasida 91 nafar o’quvchilar ustozlaridan mahorat saboqlarini olishmoqda.

Viloyat hokimi ustozlar va o’quvchilar bilan suhbatlashdi. O’quvchilar uchun qo’shimcha xonalar tashkil etish va zarur sharoitlarni yaratish bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.

"Ma'rifat" MFY hududida joriy yilning yanvar oyida “Mansurxon sifat teks” MChJ tomonidan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati yo’lga qo’yildi. Tadbirkor Mansurjon Mamajonov tashabbusi bilan loyiha qiymati 2 mlrd. so’m bo’lgan ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 40 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Shu yil davomida faoliyatni yanada kengaytirish hisobiga ish o’rinlari sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilganligi ma'lum qilindi.

Viloyat hokimi mahsulotlar bilan tanishar ekan, alohida brend asosida sotuvga chiqarish kerakligini qayd etdi.

"Qiyali" MFYda 2024-2025 yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Sariqamish” ko’li hududida ovchilik va ekoturizmni tashkil etish loyiha taklifi ham borib ko’rildi.

Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 100 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. 50 mingdan ziyod turistlarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 15 turdan ziyod yovvoyi qushlar hamda 20 dan ziyod baliq turlarini ko’paytirish, sun'iy ko’l, ko’l bo’yi kotejlari, skuterda suzish maydonlari hamda plyajlar barpo etish imkoniyatlari paydo bo’ladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram