
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MAHALLADA TADBIRKORLIK: FURQAT TUMANIDA TEKSTIL SOHASI JADAL RIVOJLANMOQDA

2024-02-27 21:43:53 1266
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Furqat tumanida bo’ldi.
Viloyat rahbarlari Furqat tumani mahallalarida bo’lib, aholi bandligini ta'minlash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirishdi.
O’rganishlar jarayonida tekstil sohasi Furqat tumani iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylanib borayotgani ko’zga tashlandi. Qator korxonalarda tadbirkorlar bilan muloqot qilgan viloyat rahbari, ularning elektr energiyasi liniyasi tortish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi dastgohlar sotib olish uchun bank krediti ajratish kabi murojaatlarini tezkor ijobiy hal etish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi.
Tumandagi Tomosha MFY hududidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabiga qarashli bo’sh turgan binoda rossiyalik tadbirkor Albuzar Muxammed Kxiro tomonidan loyiha qiymati 300 ming dollardan ziyod tikuvchilik tsexi loyihasi amalga oshirilmoqda. Ayollar xalatlari ishlab chiqarish ko’zda tutilgan korxonada 100 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilinmoqda.
Ushbu MFY hududida “Zahro atirguli” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 2,8 mlrd. so’mlik “Savdo va xizmat ko’rsatish, tikuvchilik tsexi tashkil etish” loyihasi amalga oshirilib, buning natijasida mahallada yashovchi ayollar uchun 50 ta yangi ish o’rni shakllantirildi.
Navbahor MFYda bo’sh turgan tantanalar uyida loyiha qiymati 2,5 mlrd. so’mga teng bo’lgan, 100 ta yangi ish o’rni yaratilgan “Tikuvchilik tsexi tashkil qilish” loyihasi amalga oshirildi.
Eshon MFY hududida “Xosiyat Xumo” MChJ tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida 40 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lib, korxona qoshida kasbga o’qitish markazi ham faoliyat olib bormoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram