Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDAGI 37-UMUMTA'LIM MAKTABIDA O’QUVCHILAR 10 TA YO’NALISHDA KASB-HUNARGA YO’NALTIRILMOQDA

×

 2024-02-27 21:56:08    1003

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Furqat tumanidagi 37-umumta'lim maktabida bo’lib, ushbu ta'lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi.

Maktabning bo’sh turgan binolaridagi xonalarda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o’quvchilarga mahalla va tumanda talab yuqori bo’lgan asalarichilik, meva-sabzavot yetishtirish, payvandchilik, mebelsozlik, santexnika ustasi, kosibchilik, pazandachilik, tikuvchilik kabi 10 ta kasb-hunarga o’rgatish to’garaklari yo’lga qo’yilgan.

Shuningdek, 33 nafar malakali ustozlardan ta'lim olayotgan o’quvchilar turli ko’rik-tanlov, musobaqa va bellashuvlarda eng yaxshi natijalarni egallab kelmoqda. Jumladan, maktab jamoasi ketma-ket ikki yildan beri “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida 1-o’rinni egallab kelmoqda. Maktab bitiruvchilarining oliygohlarga kirish ko’rsatkichi so’nggi uch yilda doimiy 85 foizdan yuqori bo’lib kelmoqda.

Farg’ona tajribasi sifatida muassasada sinov tariqasida Yaponiya ta'limi tajribasini joriy etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ham tizimli tashkil etilgani ko’zga tashlandi.

Maktab hududiga yong’oq, bodom va manzarali daraxt ko’chatlari, avval o’zlashtirilmagan 24 sotix yer maydoni obod qilinib, oliy navli uzum ko’chatlari ekilgan. Shuningdek, 9000 tupdan ortiq Qrim sosnasi, 6000 tup atirgul ko’chatlari parvarish qilinmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram