Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI FURQAT TUMANIDAGI AMALGA OSHIRILGAN HAMDA REJALASHTIRILAYOTGAN INVESTITSION ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2024-02-27 22:12:12    1038

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Furqat tumanidagi o’rganishlari davomida bugun Navbahor MFY hududida joylashgan “Temiryo’lchi” KSZda “Mastona bo’stoni” MChJ tomonidan amalga oshirilgan, qiymati 44 mlrd. so’m bo’lgan “Un mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasini ko’zdan kechirdi.

Loyihaning 2023 yil avgust oyida ishga tushirilishi natijasida 100 dan ortiq yangi ish o’rinlari yaratilgan. O’tgan yilning qisqa davrida Afg’onistonga qariyb yarim million dollarlik un mahsuloti eksport qilgan.

Viloyat hokimiga “Mastona bo’stoni” MChJ tomonidan amalga oshirishga kirishilayotgan, qiymati 7 mln. yevro bo’lgan “Kleykovina va spirt ishlab chiqarish” loyihasi taqdim etildi. Loyihani amalga oshirish natijasida 100 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi, yillik qo’shimcha 230 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Viloyat hokimi shuningdek, ushbu kichik sanoat zonasi hududida “Gular Aziza” MChJ QK tomonidan amalga oshirishga boshlangan, qiymati 500 ming dollar bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun “Plastmassa yashiklari ishlab chiqarish” loyihasini ko’zdan kechirdi. Loyihani amalga oshirish natijasida 50 ta yangi ish o’rinlari shakllanadi, yillik 2 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Loyiha tashabbuskorining bank krediti ajratish kechikayotgani borasida viloyat hokimiga murojaati ijobiy hal etiladigan bo’ldi.

Viloyat rahbariga shuningdek, G’uncha MFY hududida “Avilon Sho’xay” MChJ tomonidan rejalashtirilayotgan, qiymati 12 mlrd. so’mlik “Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi ham taqdim etildi. Qisqa muddatlarda ishga tushirish rejalashtirilayotgan ushbu korxonada 250 ta yangi ish o’rni yaratiladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram