Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI FURQAT TUMANIDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-02-27 22:25:50    1255

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Furqat tumanidagi Yangi MFY hududidagi “Turon odob-ilm” xususiy umumta'lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

10 mlrd. so’m mablag’ sarflanib, xalqaro talablar asosida 2022 yilda bunyod etilgan 350 o’rinli ushbu ta'lim maskanida o’quvchilarga sifatli umumta'lim berish bilan birga xorijiy tillar chuqurlashtirilib o’qitiladi. O’quvchilar uchun 3 mahal oziq-ovqat ta'minoti, maktabga qatnash uchun maxsus transportlar, uzoq masofada yashovchi o’quvchilar uchun 144 o’ringa mo’ljallangan yotoqxonalar mavjud.

Viloyat rahbari o’quvchilar, pedagoglar hamda maktab rahbariyati bilan muloqot qildi, o’quv hamda qo’shimcha mashg’ulotlar jarayonlarida ishtirok etdi.

Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari shuningdek, Furqat tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli yangi zamonaviy terapiya bo’limi binosini tantanali foydalanishga topshirish tadbirida ham ishtirok etdilar.

Byudjet mablag’lari hisobidan 4,1 mlrd. so’m sarflanib barpo etilgan 40 o’rinli yangi binoda yiliga 3200 nafar kardiologik, endokrinologik, nevrologik hamda ichki kasalliklar bilan og’rigan bemorlarga statsionar sharoitda sifatli va malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram