
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA VILOYATDA IQTISOD, IJTIMOIY VA INVESTITSIYA YO’NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

2024-02-28 12:31:48 1607
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltmish beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.
Dastlab viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig’i Nuriddin Mamajonov viloyatimizda xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish, eksport va tashqi savdo geografiyasini rivojlantirish hamda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga to’xtaldi hamda bu borada joriy yilda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i Muhammadamin G’aniyev esa viloyatda yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish borasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida axborot berib, 2024 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.
Farg’ona viloyatining 2023 yil yakunlari bilan erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahliliga e'tibor qaratgan viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati mudiri Maxsudali Saydullayev ma'ruzasi davomida 2024 yil 1-choragida kutilayotgan natijalar bo’yicha ham ma'lum qildi.
Sessiyada shuningdek, Marg’ilon shahar hududida “Ma'naviyat-ma'rifat majmuasi”ni tashkil qilish loyihasini amalga oshirish bo’yicha tashabbus dastlabki tarzda ko’rib chiqildi.
Har bir ko’rilgan masala yuzasidan savol-javoblar o’tkazilib, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram