
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
KUALA-LUMPURDA BO’LIB O’TGAN “O’ZBEKISTON-MALAYZIYA” BIZNES-FORUMIDA FARG’ONA VILOYATI VA MALAYZIYA KOMPANIYALARI O’RTASIDA UMUMIY QIYMATI 35 MLN. DOLLAR BO’LGAN INVESTITSION KELISHUVLAR HAMDA EKSPORT SHARTNOMASI IMZOLANDI

2024-02-29 09:41:50 1314
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida kecha bo’lib o’tgan “O’zbekiston-Malayziya” biznes-forumi doirasida o’tkazilgan muzokaralar natijasida Farg’ona viloyati va Malayziya kompaniyalari o’rtasida umumiy qiymati 35 mln. dollar bo’lgan investitsion kelishuvlar hamda eksport shartnomasi imzolandi. Viloyatimiz nomidan hujjatlarni forumda ishtirok etgan viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Habib Sirojitdinov imzoladi.
Logistika hamda eksport-import faoliyati bilan shug’ullanuvchi “Buckjump Capital Co.Ltd” kompaniyasi bilan viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha 5 mln. dollarlik shartnoma, Farg’onada zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo’yicha 10 mln. dollarlik investitsion kelishuv imzolangan bo’lsa, “Clipper Energy SDN BHD” kompaniyasi bilan elektromobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish hisobiga viloyatimizga 20 mln. dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri investitsiya kiritish yuzasidan kelishuv rasmiylashtirildi.
Shuningdek, “Buckjump Capital Co. Ltd” kompaniyasi bilan Logistika xizmatlari, xalqaro savdolarni amalga oshirish, viloyatimiz hududida mahsulotlarni saqlash omborlarini tashkil etish bo’yicha Memorandum imzolandi.
“China Energy Engineering Group Guangxi Electric Power Design Institute Co.Ltd” kompaniyasi bilan 500 MW quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi hamda 150 MW quvvatli mini-GES qurish yuzasidan Memorandum imzolandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram