Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EKOSHAHARDA QURILISH ISHLARI YAKUNIY BOSQICHGA KIRDI

×

 2024-02-29 18:12:45    1876

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshaharda bo’lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

300 gektar maydonda qad rostlayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida 2023 yilda jami 1 ming 668 xonadondan iborat 49 ta ko’p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. 70 gektar maydonda “Yangi O’zbekiston” bog’ida ham bir qator ishlar jadal sur'atda olib borilmoqda, jumladan, istiroxat bog’i, 4000 o’rinli amfiteatr, 3 gektar maydonda musiqali favvora, bog’ markazidan o’tuvchi kanal, kafe-restoranlar va boshqa ko’ngilochar ob'ektlar barpo etilib, hududda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Massivda 2023 yilda jami 6 ta ijtimoiy soha ob'ektlari qurib bitkazildi. Shundan, 3 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 2 ta umumta'lim maktablari hamda 1 ta 250 qatnovli oilaviy poliklinika binolari qad rostladi. Joriy yilda massivda jami 25 ta 1350 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi har bir ob'ekt bo’yicha qurilish ishlarining borishini ko’zdan kechirib, mas'ullar va quruvchilar bilan suhbatlashdi. Uylar atrofini gulzor qilish, yashil hududlar barpo etish ishlarini sifatli amalga oshirish, o’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va berilgan topshiriqlarni o’z muddatida bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Shuningdek, mart oyi davomida barcha imkoniyatlarni ishga solib, Ekoshahar birinchi bosqichi bo’yicha qurilish ishlarini sifatli qilib yakunlash kerakligi qayd etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram