Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRI “BESHBOLA” MAHALLASIDAGI XONADONDA QO’ZIQORIN YETISHTIRIB, MO’MAY DAROMAD TOPISHMOQDA

×

 2024-02-29 19:42:14    1854

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona shahridagi o’rganishlari davomida “Beshbola” MFY, Quva ko’chasida yashovchi Abdullajon Xolmatov xonadonida qo’ziqorin yetishtirish jarayonlarini borib ko’rdi.

Dastlab 2 oy davomida qo’ziqorin yetishtirish sir-sinoatlarini o’rgangan Abdullajon Xolmatov 2022 yil fevral oyida 200 million so’m mablag’ hisobiga o’z xonadonida qo’ziqorin yetishtirishni yo’lga qo’ydi. O’ziga xos ushbu biznes kutilgan natijani ortig’i bilan berib, yiliga 400-500 million so’mgacha daromad ola boshladi.

Viloyat hokimi bilan suhbatda Abdullajon Xolmatov qo’ziqorin yetishtirish bo’yicha orttirgan tajribalari haqida so’zlab berdi.

Tadbirkor qayd etganidek, qo’ziqorinni ekish usuli ham oson ham sodda bo’lib, bitta qo’ziqorin qopi 15 ming so’mga tayyor bo’ladi. 21 kunda hosil berishni boshlaydi. Qo’ziqorin chiqqandan so’ng 2 oyda 3 marotabagacha terib olish mumkin. Har bir qopdan 2 kg. hosil olsa bo’ladi. Bugungi kunda qo’ziqorin kilosi bozorda holatiga qarab 20-25 mingdan sotilmoqda.

Abdullajon Xolmatovga boshqa viloyatlardan, qo’shni respublikalardan ham aloqaga chiqishib, qo’ziqorin yetishtirish bo’yicha maslahat olishmoqda. Ular uchun qulay bo’lishi uchun telegramda guruh ham ochilgan bo’lib, qo’ziqorin yetishtirish bo’yicha tajriba almashish imkoniyati yaratilgan. Abdullajon Xolmatovning hozirda 600 ga yaqin shogirdlari bor. “Ushbu biznesni 1 million so’m bilan ham boshlash mumkin” - deydi tadbirkor.

Viloyat hokimi jarayonlar bilan tanishar ekan, shahar sektorlari rahbarlari, mahalla yettiligiga ushbu tajribani keng ommalashtirib, ishsiz va boshqa toifadagi fuqarolarga ham o’rgatish, bu orqali daromad olishlariga ko’maklashish bo’yicha ko’rsatma berdi. 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram