
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA TIBBIY MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHGAN YANGI LOYIHALAR ISHGA TUSHIRILMOQDA

2024-02-29 20:37:50 2389
Viloyat hokimi Farg’ona shahri “1-Beshbola” MFY, Istiqlol ko’chasida joylashgan “Medinjestion Industries” MChJning “Avtomatik tibbiy infuzion tizimini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini ham borib ko’rdi.
Tadbirkor Dilmurod Ahmedov tashabbusi bilan ishga tushirilayotgan yangi loyiha qiymati 2,5 mln. dollarni tashkil qiladi. Xitoy texnologiyalari o’rnatilgan korxona yaqin kunlarda ishga tushiriladi, 80 ta ish o’rni yaratiladi.
Viloyat hokimi korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Shu joyda tadbirkor tomonidan loyiha qiymati 10 mln. dollar bo’lgan “Tabletkalar, ampulali dori vositalari va infuzion eritmalar ishlab chiqarish” loyihasi taqdimoti ham o’tkazildi.
Ushbu loyihani belgilangan tartibda Quvasoy shahridagi kichik sanoat zonasida joylashtirish belgilandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil noyabrda o’tkazilgan farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo’llab-quvvatlash masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida urg’u berilgandi. Farg’ona shahridagi yangi korxonalar, xorijdan import qilinadigan dorilarni viloyatimizda ishlab chiqarish orqali mahalliylashtirishda muhim o’rin tutadi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram