
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI FARG’ONA SHAHRIDA AMALGA OSHIRILGAN YANGI INVESTITSION LOYIHALAR BILAN TANISHDI

2024-02-29 21:22:35 2636
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona shahridagi o’rganishlari jarayonida shaharda amalga oshirilgan yangi investitsion loyihalar bilan ham tanishdi.
“Beshbola” MFY, Istiqlol ko’chasida “Tantana tekstil” MChJning “Trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish” korxonasida Xitoydan mato olib kelinib, 20 dan ortiq trikotaj mahsulotlari tayyorlanib, xorijga eksporti yo’lga qo’yilgan. Bu jarayonda 100 dan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqda.
2023 yilda 700 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan bo’lsa, bu yil ushbu ko’rsatkichni 2 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
Sovurbuloq MFYdagi “Forest colour” MChJ turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda faoliyati yo’lga qo’yilgan korxonada mato to’quv va bo’yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tayyor mahsulotlar asosan MDH davlatlariga yetkazib berilmoqda. 2023 yilda 1 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Hozirda 300 ga yaqin ish o’rni yaratilgan.
Shu mahallada tadbirkor Doniyor Toyirjonov tashabbusi bilan 2023 yilning oktyabr oyida 2 gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etildi.
Hozirda 1 gektar maydonga 45 ming tup pomidor ko’chati, 1 gektar maydonga esa 35 ming tup bodring ko’chati ekilib, parvarish qilinmoqda. Bu ishlarga 30 nafar ishchi kuchi jalb qilingan.
Viloyat rahbarlari shu kuni xalqaro standartlarga uyg’un shakldagi yangi “Ohu Palace” mehmonxonasining ochilish tadbirida ham ishtirok etdilar.
Mazkur mehmonxona 80 o’ringa mo’ljallangan hamda 36 ta nomerdan iborat. Mehmonxonada avtoturargoh, sauna, basseyn, banketlar zali, konferents-zal va boshqa qulayliklar mavjud.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram