
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA XITOY INVESTORLARI BILAN UCHRASHUVLAR BO’LIB O’TDI

2024-03-07 21:14:18 3476
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimiz hududida investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan Xitoyning “Cheng Li special Automobile”, “Baishan Zhongtian Development” hamda “Aipuri Steel Plate” kompaniyalari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
Maxsus transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Cheng Li special Automobile” kompaniyasi vitse-prezidenti Pu Vei bilan uchrashuv davomida viloyatimiz hududida bu turdagi transport vositalarini yig’ishni yo’lga qo’yish hamda kelgusida ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi muhokama qilindi.
Farg’ona shahrida 5 yulduzli mehmonxona va savdo markazi majmuasini barpo etishni rejalashtirayotgan “Baishan Zhongtian Development” kompaniyasi raisi Vey Xenshan boshchiligidagi investorlar guruhi bilan muloqotda ushbu majmuaning umumiy kontseptsiyasi yuzasidan fikr almashildi.
35 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga Farg’onada metallarni qayta ishlash korxonasini barpo etish loyihasini amalga oshirishni ko’zlayotgan “Aipuri Steel Plate” korporatsiyasi bosh direktori Xan Xufeng bilan uchrashuvda viloyat iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan ushbu loyihani tezlashtirish masalalari ko’rib chiqildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram