Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV: “NEFTCHI” OLDIDAGI BU YILGI MAQSAD BITTA – CHEMPIONLIK!

×

 2024-03-13 21:13:26    1664

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida “Neftchi” futbol klubining yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimi bo’lib o’tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda viloyatimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yuzlab futbol ishqibozlari, “Neftchi” fan-klubi a'zolari, futbol maktablarining yosh futbolchilari hamda OAV vakillari qatnashdilar.

Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mavsumni ikki g’alaba bilan boshlab, Superliga peshqadami sifatida bugungi tadbirda ishtirok etgan Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz futbolchilarini qutlab, yorqin g’alabalar tarixiga, sodiq muxlislarga ega “Neftchi” jamoasiga joriy mavsumda omad va zafarlar yor bo’lishini tiladi.

Muhtaram Prezidentimizning futbolni yanada ommalashtirish va rivojlantirishga bo’lgan alohida e'tiborlari natijasida O’zbek futboli bugun katta o’sish jarayonida ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Farg’onada ham professional futbolni, shuningdek, yoshlar va havaskorlar futbolini rivojlantirish ishlari bu yil yanada keng ko’lamda davom ettirilishini, shuningdek, “Neftchi” qoshida yoshlar akademiyasini tashkil etish, viloyat futbol mahorati maktabini to’la ta'mirlash bo’yicha bu yilgi rejalarni ma'lum qildi.

“Neftchi” o’tgan 2023 yil davomida yorqin o’yinlari bilan barchamizni xursand qilganini, joriy mavsumda esa chiroyli va mazmunli o’yinlar bilan birga yuqori natijalarni ham qayd etish ko’zlanayotganini qayd etgan Xayrullo Bozorov, bu yil jamoa oldiga qo’yilgan yagona maqsad – chempionlik ekanini ma'lum qildi. Viloyat hokimi muxlislarga yuzlanib, mavsum yakunida jamoani chempionlik bilan qutlash hamda birgalikda oltin medallarni taqib qo’yish tilagini bildirdi.

Klub tomonidan “Istiqlol” o’yingohida bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda muxlislar uchun qulayliklar yaratish ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilgan viloyat hokimi, yaqin kunlarda o’yingoh atrofida “Neftchi” formalari va atributikalari do’konlari ish boshlashini, o’yin paytida muxlislarga yengil ovqat va salqin ichimliklar sotib olish imkoniyati taqdim etilishini bildirdi.

Tadbirda “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko hamda jamoa sardori Mirzohid G’ofurov so’zga chiqib, jamoani har tomonlama qo’llab-quvvatlayotgani uchun viloyat rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar, jamoa oldiga qo’yilgan vazifani uddalash, muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuch-g’ayratlarini sarflashlarini ta'kidladilar.

Tadbir davomida "Neftchi" jamoasi tarkibiga joriy mavsum oldidan kelib qo’shilgan futbolchilar tanishtirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram