Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI FARG’ONA SHAHRIDAGI IJTIMOIY OB'EKTLARDAGI QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI
2024-03-13 22:37:36 1773
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg’ona shahridagi ijtimoiy ob'ektlardagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Dastlab kapital ta'mirdan chiqarilayotgan Ahmad Farg’oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazidagi qurilish jarayonlari ko’zdan kechirildi.
Mazkur yangi kutubxona foydalanishga topshirilganda bir vaqtning o’zida 550 dan ortiq kitobxonga eng zamonaviy texnologiyalar va 14 ta tarkibiy xizmatlar bilan birgalikda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan, RFID texnologiyalar bilan ta'minlash nazarda tutilgan. Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun zamon talabidagi sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, kitobxonlarga tez va sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida elektron kataloglar uchun maxsus joy, kitob tashish uchun hamda foydalanuvchilar uchun lift o’rnatilmoqda. Amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash loyihasi doirasida yozgi amfiteatr, yozgi bog’, kutubxonada o’tkaziladigan to’garaklar uchun maxsus xonalar, ilmiy-amaliy anjumanlar uchun konferents zallar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun maxsus xonalar tashkil etilmoqda. O’quv zallarida kichik yoshdagi kitobxonlar uchun bolalar bo’limi yaratiladi. Foydalanuvchilar uchun bookcafe ham xizmat ko’rsatadi.
Jarayonlar bilan yaqindan tanishgan viloyat hokimi, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli qilib tamomlash bo’yicha mas'ullarga ko’rsatmalar berdi.
Keyingi manzilda Farg’ona davlat universitetining 2023 yilda foydalanishga topshirilgan 804 o’rinli 2 ta talabalar turar joyining birinchi qavatida joylashgan o’quv markazlari, mebel mahsulotlari sotuvi yo’lga qo’yilgan do’konlar va boshqa qator tadbirkorlik loyihalari bilan tanishildi. Shu joyda tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Binolardan samarali foydalanish bo’yicha mas'ullarga vazifalar yuklandi.
Shu kuni viloyat rahbarlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg’ona viloyati boshqarmasi uchun ajratilgan binodagi qurilish ishlarining borishini ham borib ko’rdilar. Bundan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg’ona viloyat mintaqaviy filialida 200 qatnovli poliklinika qurish loyihasi bilan ham tanishildi. Shuningdek, Ekoshahar hududidagi 4 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilayotgan biznes markazi, ko’rgazmalar zali va tadbirlar zali binolarining qurilish ishlari ham joyiga borib ko’rildi.
Barcha qurilish inshootlarini sifatli qilib o’z muddatida qurib bitkazilishi bo’yicha qurilish sohasi mutasaddilariga ko’rsatmalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram