Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHDA MUHIM AHAMIYAT KASB ETMOQDA
2024-03-13 22:57:34 1944
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shahar va tumanlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yangi ishlab chiqarish loyihalari, aholi bandligini ta'minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish, berilgan topshiriqlarni sektorlar rahbarlari tomonidan ijrosini o’rganish doirasida bugun Marg’ilon shahrida bo’ldi.
Yoyilma mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi aholining asosiy qismi mebel mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi. Bu orqali mahalladagi yoshlar ham ish bilan band qilinmoqda.
Zoirjon Zaylobiddinov o’z xonadonida sifatli stol-stullar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Bu hunari ortidan 5 nafar mahalladoshini ham bandligini ta'minlagan.
Shukurullo Ibragimov esa xonadonida sifatli, zamonaviy uslubdagi uy va ofislar uchun mebel jihozlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. Buning natijasida ham daromad topmoqda ham 15 ta ish o’rni yaratgan. Ishchi-xodimlarga 3 mln. so’mgacha ish haqi to’lab berilmoqda.
Viloyat hokimi ushbu mahalladagi o’rganishlari davomida xonadonida sharoit qilib ham ishlab, ham ish o’rni yaratayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi. Shahar hududida barpo etilayotgan sanoat zonalari haqida ma'lumot berilib, hunarmandlarni istaklari bo’yicha ushbu sanoat zonalariga joylashtirish bo’yicha tushuntirildi.
Mashad MFY hududida “Texygen textile” MChJ tomonidan yirik noto’qima mato ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun 18 mln. dollar mablag’ yo’naltirilgan. Mahsulotlar 100 foiz eksportga yo’naltiriladi. 100 ta ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan. Loyiha joriy yil iyul oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha tashabbukori Azizbek Nazarov ishlab chiqarish jarayonlari, o’rnatilgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib, ular haqida ma'lumotlar berdi.
Shu kuni Yangiobod MFY hududida ishga tushirilgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga ham borildi. 4 mlrd. so’m mablag’ sarf qilingan yangi tikuvchilik korxonasida 60 ga yaqin xotin-qizlar bandligini ta'minlash rejalashtirilgan. Mazkur korxonada maxsus kiyimlar, futbolkalar tayyorlanadi. Mahsulotlarni eksport qilish bo’yicha ham kelishuvlar olib borilmoqda.
Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, mahalladagi ishsiz ayol-qizlarni ham jalb qilib, tikuvchilikni o’rgatish bo’yicha tadbirkor va shahar mas'ullariga ko’rsatmalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram