Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLAR VA EKSPORTYORLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2024-03-14 12:34:49 2531
Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlik sohasida yuzaga kelayotgan to’siqlar, ishlab chiqarishda va mahsulotlarni eksport qilishdagi muammolar muhokamasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unga Farg’ona shahridagi 40 dan ziyod yirik tadbirkorlik sub'ektlari hamda sanoat va qishlok xo’jaligi mahsulotlari eksportchi korxonalari vakillari hamda tegishli mas'ullar taklif etildi.
Ochiq muloqot shaklida o’tkazilgan uchrashuvda so’z olgan tadbirkorlar taklif va muammolari hamda faoliyatlarida yuzaga kelayotgan turli savollar bilan mas'ullarga yuzlandilar.
O’z o’rnida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir masala viloyat tashkilotlari mas'ullari ishtirokida ko’rib chiqilib, tegishli tartibda tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatilishi uchun chora-tadbirlar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram