Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI SONI ORTMOQDA
2024-03-15 19:31:12 2522
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Marg’ilon shahrida bo’lib, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari, berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish kabi yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’rganish olib bordi.
Yuksalish MFY hududida “Sadaf gaz avto” MChJ tomonidan joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi qurilish ishlari boshlandi. Loyiha uchun 25 mlrd. so’m miqdorida mablag’ sarflanishi belgilangan. 60 sotix maydonda qad rostlayotgan ushbu korxona ishga tushsa 80 ta ish o’rni yaratiladi.
Shu hududga yondosh joyda tadbirkor Abdusamad Marupov tashabbusi bilan 80 sotix maydonda momiq sochiq va paypoq ishlab chiqarish korxonasi qurilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi yakunlanmoqda. Natijada 50 ga yaqin ishchi-xodim bandligi ta'minlanadi. Tadbirkorning bank krediti bo’yicha qilgan murojaati ko’rib chiqilishi va yordam ko’rsatilishi ma'lum qilindi.
Shahardagi “Aylanma yo’l” KSZda ham qator ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.
Tadbirkor Muhammadsher Obidjonov 5 sotix maydonda to’quvchilik faoliyatini yo’lga qo’ydi. Buning uchun 1,1 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi. 10 ta ish o’rni bor. Yiliga 100 ming dona to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan.
Dostonbek Sharopov esa 5 mlrd. so’m mablag’i hisobiga 25 sotix joyda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqchi. Uskuna va jihozlar Xitoydan keltirilmoqda. 30 ta ish o’rni yaratilgan yangi korxona joriy yil may oyida ishga tushirilishi ko’zda tutilgan.
Hunarmandlar avlodidan bo’lgan Abdumuxtor Nurmatov ham atlas, adras mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini yo’lga qo’yib, mahalliy 20 nafar ayol-qizlarni ishli qildi. Tadbirkor ushbu loyihani yanada kengaytirish hisobiga ish o’rinlarini 50 taga olib chiqish va xorijga eksportini yo’lga qo’yish bo’yicha harakat qilmoqda.
"Qumtepa Fayz eksport" MChJ tomonidan loyiha qiymati 2 mln. dollar bo’lgan muzlatgich omborxona, logistika xizmati va plastmassa yashik ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Yaratiladigan ish o’rni 50 tani tashkil qiladi.
Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, yangi korxonalarni tez fursatlarda ishga tushirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, katta va xorij bozorlariga kirib borish, eksportbop mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha tavsiyalar berdi, loyihalarni tezlashtirish uchun har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Tadbirkorlarning viloyat rahbariga qator masalalardagi murojaatlariga ijobiy yechim belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram