Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA YASHARISH, YANGILANISH, MEHR VA OQIBAT AYYOMI – NAVRO’Z UMUMXALQ BAYRAMI TANTANALARI BO’LIB O’TDI
2024-03-19 15:46:49 23340
Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyi hududida yasharish, yangilanish, mehr va oqibat ayyomi - Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayllari va viloyat bayram tadbiri o’tkazildi.
Dastlab viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ko’klam nafasi ufurib turgan maydonda tashkil etilgan hududlarning o’ziga xos jihatlari namoyon etilgan bayram dekoratsiyalari, milliy hunarmandchilik buyumlari, bahoriy taomlar ko’rgazmalarini ko’zdan kechirdilar.
Tantanali bayram tadbirining badiiy qismida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bayram ishtirokchilarini, barcha viloyatimiz ahlini sharqona yangi yil – Navro’z bayrami bilan samimiy qutladi.
Xalqimizning eng qadimiy va umrboqiy bayrami bo’lgan, mehr-muhabbat va olijanoblik ramzi Navro’zi olam bu yil muqaddas Ramazon oyida nishonlanayotganligi, viloyatimizning shahar va qishloqlarida, mahallalarida "Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!" degan bosh g’oya asosida umumxalq sayllari o’tkazilayotganligi, bu esa bayramga o’zgacha fayz va shukuh bag’ishlayotganligi ta'kidlandi.
Muhammad Fuzuliyning “Ki, sening zoti pokingni mazhari fayzi adolatdir, Bu – yurtning har kunin Navro’z, har faslin bahor aylar” misralarini iqtibos qilib keltirgan viloyat hokimi, Navro’z o’zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg’otayotgan bo’lsa, Davlatimiz rahbari tomonlaridan olib borilayotgan adolatli siyosat hamda xalq roziligi yo’lidagi buyuk o’zgarishlar jamiyatni, xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini uyg’otayotganligini ta'kidladi.
O’zgacha shukuh va ko’tarinkilik bilan o’tkazilgan bayram tadbirida viloyatimizning el suygan san'atkorlari Ilhom Ibrohimov, Otabek Muhammadzohid, Qilichbek Tojiyev, Bahodir Mamajonov, Abdujalil Qo’qonov, Jo’rabek Qodirovlar bilan birga xushovoz xonandalar Botir Qodirov, Ziyoda Qobulova, Yorqinxo’ja Umarovlar ijrosidagi diltortar taronalar, ko’ngilochar dasturlar, shuningdek, badiiy havaskorlik va folklor jamoalarining chiqishlari barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram