Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
ROSSIYALIK INVESTORLAR GURUHI FARG’ONA VILOYATIDA IT SOHASIDAGI STARTAPLARGA SARMOYA KIRITADI HAMDA VILOYATIMIZNI IT-XIZMATLAR YO’NALISHIDA YIRIK AUTSORSING MARKAZIGA AYLANTIRISHDA KO’MAKLASHADI
2024-03-20 19:36:45 2106
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Andrey Zavorin boshchiligidagi Rossiyaning “Bolshaya medveditsa” venchur sarmoyadorlar birlashmasi vakillarini qabul qildi.
Rossiyaning Sibir, Ural va Uzoq Sharq mintaqalari investorlarini birlashtirgan “Bolshaya medveditsa”, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyotni raqamlashtirish, elektron tijorat va logistika sohalarida, shuningdek sanoatning turli yo’nalishlarida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga sarmoya yo’naltirib keladi. Ushbu investorlar birlashmasi, mamlakatimizda ham faol ish yuritib kelmoqda.
Muloqot davomida Farg’ona viloyati hududida IT sohasida keng ko’lamli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, viloyatimizda IT yo’nalishida ishlab chiqilgan startaplarga investitsiya kiritish, sanoat sohasida istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalar muhokama qilindi. Farg’ona viloyatini IT-xizmatlar yo’nalishida yirik autsorsing markaziga aylantirishda hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida fikr almashildi.
Qurilish va loyihalash tizimlarini raqamlashtirish, maktab o’quvchilari uchun onlayn chet tili o’rganish platformasini tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishidagi ta'lim markazlari bitiruvchilarini onlayn sinovdan o’tkazish tizimini yo’lga qo’yish borasida hamkorlik masalasi ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi. Dastlabki bosqichda bu yo’nalishlarning samaradorligini o’rganish maqsadida, ularning har biri bo’yicha qiymati 100 ming AQSh dollarigacha bo’lgan texnologiyalarni investorlar tomonidan viloyatimizda bepul joriy etish borasida kelishuvga erishildi.
Viloyatimizda IT-xizmatlar autsorsingi ko’lamini kengaytirish hamda eksport hajmini oshirish maqsadida may oyida yirik xalqaro IT kompaniyalar rahbarlari ishtirokida Farg’onaga IT Outsourcing Tour tashkil etilishiga kelishib olindi. Shuningdek, viloyatimiz investitsion salohiyati bilan yaqindan tanishish hamda istiqbolli sanoat loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun investorlar delegatsiyasining alohida tashrifini tashkillash ham belgilab olindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram