Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA XITOYNING CHENDU SHAHRI O’RTASIDA QATOR YO’NALISHLARDA HAMKORLIK ALOQALARI YO’LGA QO’YILMOQDA
2024-03-21 16:19:41 2530
Viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Chendu shahri Sanoat va savdo federatsiyasi raisining o’rinbosari Deng Bo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan sanoat, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi va turizm sohasi bo’yicha Farg’onada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bo’yicha fikr almashildi.
Yurtimizda nishonlanayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan o’z tabriklarini bildirgan Deng Bo, bu galgi tashrif davomida viloyatimizda yirik Xitoy sanoat parki tashkil etish, uning tarkibida avtomobilsozlik, Xitoy sanoat kompaniyalarining, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalarining ishlab chiqarishlarini yo’lga qo’yish, qishloq xo’jaligi yo’nalishida viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish, farg’onalik tadbirkorlarga Xitoyda o’z bozorini topishga ko’maklashish, turizm sohasi bo’yicha o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqish maqsad qilinganini qayd etdi.
Viloyat hokimi har bir bildirilgan taklif Farg’ona iqtisodiyoti uchun ahamiyatli ekanini ta'kidlab, ularni qo’llab-quvvatlashga, barcha yo’nalishlar bo’yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo’yicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan ikki hudud qo’shma “Yo’l xaritasi”ni tayyorlash hamda uning asosida hamkorlikni kengaytirib borishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Farg’onada Chendu savdo uyi ochilgani ham ma'lum qilinib, Deng Boga uning ro’yxatdan o’tkazilgani haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu orqali yangi bozorlarga kirib borish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilinadi. Chendu shahrida Farg’onaning qishloq xo’jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil qilish uchun joy ajratilgani ham ta'kidlandi.
Shu o’rinda qayd etib o’tish lozimki, Chendu shahri ishbilarmonlari bilan hamkorlikda Farg’ona shahrida “Aqlli shahar” va “Aqlli transport” texnologiyalarini tajriba tariqasida joriy etishga kirishilgan. Bugungi kunda loyiha ishlari yakunlanib, amaliy ishlar bosqichiga o’tilgan. Ushbu tajribadan samarali natija qo’lga kiritilsa, uni butun viloyat bo’yicha joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu jarayon viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram