Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-22 22:05:27    3334

PDF yuklash
Chop etish


22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida tizim xodimlari uchun iftorlik dasturxoni yozilib, bayram tadbiri o’tkazildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatimizning mahalla tizimi xodimlari va faollari jamlandi.

Viloyat hokimi tadbir ishtirokchilarini yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro’z bayrami hamda Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, ularga sharafli va mas'uliyatli faoliyatlarida kuch-g’ayrat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Mahallalardagi islohotlar davom ettirilib, takomillashtirilib, yakdil kuchga aylanib borishi uchun keng ko’lamli ishlar davom ettirilayotgani, bu borada yaqingacha “mahalla beshligi” faoliyat olib borgan bo’lsa, endi ikkita yangi tizim qo’shilib, “mahalla yettiligi” shakllanganligi ta'kidlandi. Prezidentimizning "Mahallani qo’llab-quvvatlash, uni yanada rivojlantirish doimo e'tiborimiz markazida bo’ladi. Chunki mahalla bu mehr va ahillik qo’rg’oni, mahalla oqko’ngil, bunyodkor xalqimiz qalbining ko’zgusidir" degan so’zlaridan iqtibos keltirgan viloyat hokimi, mahallalarda “Obod xonadon”, “Obod ko’cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida yangi tizim boshlanganiga e'tibor qaratdi.

Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumaniga borib, bitta mahalla misolida mahallalardagi ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, odamlarni daromadini oshirish borasida mavjud salohiyatini ko’rsatib berganliklariga e'tibor qaratildi. Bu ishlarni amalga oshirishda Farg’onaning imkoniyat va salohiyatidan to’g’ri foydalanib, mahallabay ishlash tizimida serdaromad sohalarni aholi xonadonlariga olib kirish lozimligi, Farg’ona namunasini, tajribasini yaratish kerakligi ta'kidlandi.

Tadbir davomida Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to’g’risida”gi Farmoni bilan yuksak davlat mukofotlariga loyiq ko’rilgan Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi Aynura Shakirova, “Hunarmand” uyushmasining Farg’ona viloyati boshqarmasi a'zosi, kashtachi Nodiraxon Usmonova, Marg’ilon shahridagi “O’rda tagi” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Muzaffarjon Raimjanovlarga davlatimizning orden va medallari tantanali topshirildi.

Mahalla tizimida samarali mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan bir guruh faollar “Mahalla iftixori” ko’krak nishonlari bilan mukofotlandilar.

Shuningdek, 2023 yil yakuni bo’yicha o’tkazilgan “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” tanlovining Respublika bosqichida Bag’dod tumani “Guliston” mahallasi “Eng namunali mahalla huquq-tartibot maskani” deb topilgan edi. Bugun ushbu mahalla vakiliga tanlovning diplom va bosh sovrini – avtomobil kaliti topshirildi.

Tadbir davomida viloyatimizning taniqli san'atkorlari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga o’zgacha ko’tarinkilik va bahoriy kayfiyat ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram