Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRI VA SHANDUN PROVINTSIYASINING LYANSHAN TUMANI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILMOQDA
2024-03-26 11:05:06 2340
Bugun viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov viloyatimiz investitsion salohiyatini o’rganish maqsadida tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provintsiyasining Lyanshan tumani hokimi o’rinbosari Xan Guanxuyeey boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Viloyat hokimligida o’tgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ularning aniq yo’nalishlarini belgilash kun tartibidan o’rin oldi. Uchrashuvda Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ham ishtirok etdi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O’zbekiston va Xitoy o’rtasida yaqin do’stlik aloqalari o’rnatilganligi, xitoylik investorlar tomonidan Farg’ona viloyatiga katta qiziqish bildirilayotganligi ta'kidlandi.
Mehmonlar viloyatning potentsiali haqida ma'lumotga ega bo’lishgani, har bir yo’nalish alohida o’rganilishi, aniq yo’nalishlar belgilanishi va imkoniyatlardan kelib chiqib hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan fikrlarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida Farg’ona shahri va Shandun provintsiyasining Lyanshan tumani o’rtasida birodarlik aloqalarini o’rnatish maqsadida o’zaro manfaatli hamkorlik Memorandumi ham imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram