Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YAPONIYA, SINGAPUR VA MALAYZIYA INVESTORLARI GURUHI BILAN VILOYATIMIZGA QATOR SOHALARDA INVESTITSIYALAR KIRITISH BO’YICHA HAMKORLIK MUZOKARALARI AMALIY BOSQICHGA O’TMOQDA
2024-03-28 09:14:54 3060
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiya, Singapur va Malayziya investorlari guruhi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda ushbu guruh tomonidan viloyatimizda turizm, ta'lim, qurilish, kimyo sanoati va qishloq xo’jaligi sohasi kabi qator tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiyaviy loyihalar muhokama qilindi. Hamkorlik muzokaralari amaliy bosqichga o’tayotgani uchrashuv davomida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Farg’ona viloyati bilan hamkorlik salohiyatini yuqori baholagan malayziyalik Datuk David Yeox, dastlabki bosqichda rejalashtirilayotgan loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining yana ko’plab sarmoyadorlarini Farg’onaga jalb qilishini ta'kidladi.
Yaponiya, Singapur va Malayziya investorlari guruhi rejalashtirilayotgan investitsiyaviy loyihalar uchun ko’zda tutilgan investitsiyalarning dastlabki transhini Farg’onada xorijiy korxona sifatida ro’yxatdan o’tgan o’z kompaniyalari hisobiga yaqin kunlarda o’tkazishi ma'lum qilindi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram