Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BU YIL VILOYATIMIZDA ILK BOR O’TKAZILGAN “O’RIK GULLAGANDA” FESTIVALI AN'ANAVIY BAYRAMGA AYLANADI

×

 2024-03-28 17:45:11    5104

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan O’zbekiston tumanidagi O’qchi qishlog’ida ilk bor “O’rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning turli hududlaridan aholining barcha qatlam vakillari, ijodkorlar, hunarmandlar, yoshlar, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Umumxalq sayliga aylanib ketgan festival barcha ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi. Qiyg’os gullagan o’rik daraxtlari ostida milliy o’yinlar, o’zbekona urf-odat va qadriyatlar namoyishi, ijodkorlar chiqishlari ko’ngillarga ko’klam tarovatini olib kirdi.

Varraklar uchirish, yosh polvonlar o’rtasidagi kurash musobaqalari, qo’shiqchi va shoirlar, rassom va hunarmandlarning asarlari tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Doshqozondagi sumalak, ko’k somsalar esa sayilga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlarni maftun etdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Sherzod Rahimov, O’zbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yuldashev, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari Botir Ergashev bahor bayramlar fasli ekanligini ta'kidlab, mazkur festivalning an'anaga aylanishi, tabiat qo’ynida o’tkaziladigan sayillar ekologik tarbiya, sog’lom turmush tarzi targ’iboti, ijodkorlar uchun ilhom manbai bo’lib qolishini bildirdilar. 

Bahor va ko’klam, Navro’z va go’zallik haqidagi she'r-qo’shiqlar jarang sochdi. Taniqli san'atkorlarning diltortar qo’shiqlari, usta askiyachilarning ichakuzdi payrovlari, folklor dastalarining alyoru laparlari dillarga zavq bag’ishladi.

Yoshlik va tabiat bayrami, ko’klam va yaratish-yashnatish anjumani, ijodkorlik va milliylik sayli – “O’rik gullaganda” festivali endilikda viloyatimizda an'anaviy o’tkaziladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram