Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA ERON O’RTASIDA O’ZARO SAVDO VA IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA “YO’L XARITASI” IMZOLANADI

×

 2024-03-29 16:06:49    5383

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasining O’zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Eron o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog’ida ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida so’nggi yillarda Eron va O’zbekiston o’rtasida barcha sohalardagi aloqalar izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, mamlakatlarimiz o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjudligiga e'tibor qaratildi.

Farg’ona bilan Eron hududlari hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Farg’ona viloyati hamda Eronning Mozandaron viloyati o’rtasida birodarlashuv aloqalarini o’rnatish bo’yicha avvalgi kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni tezlashtirish, Marg’ilon shahrida Eron sarmoyasi bilan eronlik startap kompaniyalarini o’z ichiga oladigan texnopark loyihasi amalga oshirishni jadallashtirish borasida kelishib olindi.

Muhammad Ali Iskandariyning joriy yil 27 apreldan 1 mayga qadar Eron poytaxti Tehronda bo’lib o’tadigan xalqaro Iran Expo ko’rgazmasiga viloyat delegatsiyasini yuborish taklifi ijobiy qabul qilindi, viloyat hokimi o’rinbosari boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat guruh ushbu ko’rgazmada ishtirok etishi bildirildi.

Uchrashuv davomida farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat sanoati, zargarlik, qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish kabi sohalarda Farg’ona viloyati va Eron kompaniyalari o’rtasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Farg’ona viloyati va Eron o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram