Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHAR MUDOFAA ISHLARI BO’LIMINING DXSH ASOSIDA BARPO ETILGAN YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2024-03-29 18:10:32 5555
Bugun Farg’ona shahar mudofaa ishlari bo’limining Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida barpo etilgan yangi binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mudofaa vazirining o’rinbosari Hamdam Qarshiyev, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni Oybek Saidov, harbiylar, faxriylar, viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
“Elegand Stroy PRO” MChJ tomonidan qariyb 4 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirish hisobiga qad rostlagan yangi binoda yurtimiz tinchligi va Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash uchun otlangan farg’onalik yoshlar uchun barcha sharoitlar mavjud.
Harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlarda birinchi taassurot ushbu binoda shakllanishini qayd etgan viloyat hokimi, mazkur bino farg’onalik yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tayyorlashda o’zining munosib hissasini qo’shishiga ishonch bildirdi. Zamonaviy axborot texnologiyalariga moslangan ushbu binoda xodimlar ham sifatli ish faoliyatini olib borishlariga tilak bildirildi.
Ushbu bino so’nggi bir yil davomida viloyatimizda DXSh asosida barpo etilgan to’rtinchi mudofaa ishlari bo’limi binosi bo’ldi. Bungacha Buvayda, Toshloq hamda Beshariq tumanlari mudofaa ishlari bo’limlari binolari qurib foydalanishga topshirilgandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram