Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TOSHLOQ TUMANIDAGI “PIYOZCHILIK” MAHALLASI OBOD VA KO’RKAM QIYOFA KASB ETDI
2024-03-29 20:29:25 5604
“Piyozchilik” mahalla fuqarolar yig’inida "Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” mezonlari asosida keng ko’lamdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qizg’in tus oldi. Mahallada toza ichimlik suvi, yo’l ta'miri, elektr energiya va gaz ta'minoti, tibbiy yordam ko’rsatish, bandlik masalasi bilan bog’liq ko’plab ishlar amalga oshirildi.
“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta'mirga muhtoj va og’ir sharoitda yashayotgan 11 ta oilalarning turar joylari ta'mirlab berilgan bo’lsa, “Obod ko’cha” mezonlari bo’yicha 9 ta ko’chada asfaltlash, piyodalar yo’lagini qurish hamda elektr ta'minotini yaxshilash ishlari bajarildi. Mahallaga kirish qismiga zamonaviy stella o’rnatildi. 1,1 km. ichki yo’llar asfaltlashtirilib, Bahmal ko’chasiga 400 metr beton to’siqlar o’rnatildi. 2,2 km. piyodalar yo’lagi barpo etildi. Elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 2 dona 160 kVali transformator punkti o’rnatildi. 330 ta simyog’och ustunlari yangi temir-beton tayanchlariga almashtirildi hamda 8,1 km. sip kabel va 10 kVali havo tarmoqlari tortildi. Faxr, Muhandis va Istiqbol ko’chalarida 2,3 km. uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog’i tortilib, 120 ta xonadonlar toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Ana shunday tizimli ishlarning natijasida aholining uzoq yillardan beri o’ylantirib kelayotgan eng birlamchi hayotiy ehtiyojlari hal etildi.
Bugun “Piyozchilik” mahallasining yangi binosi, 2 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish binosi, avtosalon hamda poyabzal va kiyim kechak do’konlari tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirlarda Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi Faxriddin Musayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxonov, tuman hokimi Abduqahhor Jo’raboyev hamda mahalla ahli ishtirok etdi.
Bir so’z bilan aytganda, “Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish chekka va olis qishloqlarni obod va ko’rkam maskanlarga aylantirmoqda. Buni odamlarning e'tirofi, e'tiboriga sazovor bo’layotgan amaliy ishlar ko’rsatib turibdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram