Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PREZIDENT TASHABBUSI BILAN BOSHLANGAN YANGI HARAKAT "BAXRIN" MAHALLASIDA DAVOM ETMOQDA
2024-03-31 14:59:25 6748
Kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg’ilon shahrida bo’lib, “Obod xonadon – obod ko’cha – obod mahalla” mezonlari doirasida foydalanishga topshirilayotgan “Baxrin” mahalla fuqarolar yig’ini yangi binosini tantanali ochilish tadbirida ishtirok etdilar.
Dastur doirasida eski guzar binosi o’rnida tadbirkor Muhammadjon Oxunov homiyligida DXSh asosida “Baxrin” MFY uchun yangi va zamonaviy ko’rinishdagi ma'muriy idora binosi qurib bitkazildi.
Ikki qavatdan iborat bo’lgan mahallaning yangi binosida “mahalla yettiligi” uchun alohida xonalar, majlislar zali, ja'mi 9 ta xona mavjud.
Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi “Baxrin” mahallasida yangi tashabbus, yangi harakat boshlanganini ta'kidladi. Avval viloyatimizning 4 ta tumanidagi mahallalarda boshlangan bu harakat bugun “Baxrin” mahallasida davom etayotganligi qayd etildi.
Barcha islohotlar shahar va tuman markazida emas, balki mahallaga tushib, har bir ko’cha, xonadonga kirib borishi, ta'mirlash bilan cheklanib qolmasdan, masala, muammoni o’rganish, ularga ko’mak berish orqali ularni turmushidan rozi qilishdan iborat ekanligi aytildi. Bugun xonadon egasini daromadini oshirish, ishsizlikni bartaraf qilish, ularni o’qitish, kasbga o’rgatish, tadbirkorlik boshlashga yordamlashish, pirovard maqsad odamlarni yashash turmush tarzidan, davlatni olib borayotgan siyosatidan rozi qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishdan iborat ekanligi uqtirildi.
Shahar sektorlari rahbarlari, “mahalla yettiligi” hamma ishni birdamlik bilan qilishi, shaharda ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi bo’yicha vazifa belgilandi.
“Baxrin” mahallasi binosi shunday zamonaviy ko’rinishga kelishida tashabbus ko’rsatgan tadbirkorga minnatdorlik bildirildi.
Nuroniylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, binoda “mahalla yettiligi” uchun yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi.
Viloyat rahbarlari shu kuni qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan Zulhumor Abdug’afforova yashayotgan xonadonda ham bo’ldilar. Qariyb olti yildan buyon qandolatchilik bilan shug’ullanib kelayotgan Zulhumor Abdug’afforova shu kungacha mahalladagi 60 nafardan ziyod xotin-qizlarga pazandachilik sirlarini puxta o’rgatdi. Hozirda 20 xil turdagi shirinliklar tayyorlanmoqda, bu jarayonda 10 nafar mahalladagi qizlar bandligi ta'minlangan. Oyiga 10 million so’mlik sof daromad olinmoqda.
Tadbirkor ayol tashabbusini yuqori baholagan viloyat hokimi, ish o’rnini ko’paytirib, ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi va bu uchun kerakli ko’mak ko’rsatilishini ma'lum qildi.
Ma'lumot o’rnida, "Baxrin" MFYda 520 ta honadonda o’rganishlar o’tkazildi. “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda mahalladagi 401 ta fuqarolarning turar joylari joriy va kapital ta'mirtalabligi aniqlanib, amaliy ishlarga kirishildi.
“Obod ko’cha” mezonlarini joriy etishda esa mahallada DXSh asosida yangi bino qurildi, ko’chalarga 143 ta simyog’och ustunlari o’rnatildi, 2 ta transformator ta'mirlandi, 1 ta yangi transformator o’rnatildi, 3,5 km SIP kabel tarmog’i tortildi.
1 ta suv qudug’i kavlandi, suv inshooti yangisiga almashtirldi. Mavjud 1,1 km suv quvuri yangilandi.
Mahalladagi 27-maktab binosi kapital ta'mirdan chiqarildi, “Xo’ja porso” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahallada 48 nafar fuqaroning bandligi ta'minlandi, 2074 nafar fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi, 3 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 5 nafar fuqarolarga eshitish moslamalari va qo’ltiq tayoq vositalari berildi.
O’tgan qisqa davr mobaynida mahallalarda ko’plab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va sport musobaqalari ham o’tkazildi.
Viloyat hokimi bilan muloqotda bo’lgan xonadon egalari ushbu hayrli ishlar bardavom bo’lishligini tilab, bu ishlarga bosh bo’lgan Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram