
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZNING ENG YIRIK XORIJIY SARMOYADORI YANGI INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

2024-04-19 22:13:43 5276
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida joylashgan “Farg’ona yasin qurilish mollari” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi rahbarlari Guan Jong Vu hamda Erkin Mahmudovlarni qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyatiga 200 million dollardan ziyod to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritgan Xitoyning “Shaanxi Xiangsheng Industrial Group Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan o’zi hammuassisligidagi “Farg’ona yasin qurilish mollari” korxonasiga chegaradosh hududda quvvati 500 MVtlik quyosh fotoelektrik stantsiyasini qurish loyihasi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Farg’ona yasin qurilish mollari” korxonasi tomonidan viloyatimizda zamonaviy qurilish materiallari klasteri tashkil etish, shuningdek, qurilish va xizmat ko’rsatish loyihalarini amalga oshirish masalasi ham ko’rib chiqildi.
Yangi O’zbekistonga, yurtimizda bo’layotgan islohotlarga bo’lgan katta ishonchi hamda amalga oshirayotgan loyihalari uchun Guan Jong Vuga minnatdorchilik bildirgan viloyat rahbari, ko’zda tutilayotgan yangi loyihalarni ham har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram