Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SAUDIYA ARABISTONI KOMPANIYASI FARG’ONADA MISNI CHUQUR QAYTA ISHLASH HAMDA ELEKTR KABELLARI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARINI AMALGA OSHIRADI
2024-05-01 23:41:39 5083
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasining Quvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jidda shahrida “Bahra Electrics” kompaniyasi rahbari Fahed Talal Idris bilan uchrashuv o’tkazilib, Farg’onada yirik ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish bo’yicha muzokaralar olib borildi.
2008 yilda Jidda shahrida “Bahra Cabels” nomi bilan ish boshlagan kompaniya, bugun “Bahra Electrics” nomi ostida elektr komponentlari, kabel, yarim o’tkazgichlar va uskunalar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaga aylangan. Yillik 80 ming tonna mis, 45 ming tonna alyuminiyni qayta ishlab, yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Uchrashuvda viloyat hokimi ushbu korxona imkoniyatlarini yuqori baholadi, O’zbekistonda arzon va yetarli xomashyo mavjudligini qayd etgan Xayrullo Bozorov, yurtimizdagi investorlar uchun yaratilgan soliq imtiyozlari, bozor imkoniyatlari, qo’shni davlatlarga logistika va eksport qulayliklariga to’xtalib o’tdi.
Viloyat hokimi Turkiyadan mis xomashyosini sotib olayotganini qayd etgan Fahed Talal Idrisga, O’zbekistonda mis ishlab chiqarish hajmi yuqori ekani, Davlatimiz rahbarining sohaga alohida e'tiborlari natijasida respublikamizda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish masalasiga katta e'tibor qaratilayotgani, bu yo’nalishda ish olib borayotgan tadbirkorlar har tomonlama qo’llab-quvvatlanayotganini bildirdi.
Uchrashuvda Farg’ona viloyati hokimligi, “Bahra Electrics” kompaniyasi hamda Quvaytning Energy Solutions kompaniyalari o’rtasida viloyatimiz hududida misni chuqur qayta ishlash hamda elektr kabellari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etishni ko’zda tutgan anglashuv Memorandumi imzolandi.
Bu loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Shu kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ota-bobolari o’zbekistonlik bo’lib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamta'sischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmon Ahmad Alxutami bilan ham uchrashdi.
Osama Kokandiy viloyat rahbariga parrandachilik sohasida Farg’onada loyiha amalga oshirish rejalarini ma'lum qildi. Emat Abdulaziz tekstil sohasida hamkorlik qilish, Farg’onada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga olib kirishda o’z takliflarini bildirdi. Ahmad Alxutami bilan muzokaralarda esa til va turli kasblarga o’qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha farg’onaliklarni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta'minlash masalasi muhokama qilindi.
Bildirilgan takliflar asosida hamkorlikda ishni yo’lga qo’yish, ma'lumotlar almashinish va yaqin muddatlarda Farg’onada qayta uchrashuvlar tashkil qilinishiga kelishildi.
Farg’ona viloyati delegatsiyasi Quvayt va Saudiya Arabistoni safarini yakunlab, Farg’onaga qaytib keldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram