Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI GERMANIYA BUNDESTAGI VAKILLARI BILAN UCHRASHDI
2024-05-01 23:56:53 5711
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onada bo’lib turgan Germaniya Bundestagidagi “Germaniya -Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisining o’rinbosari Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuv Germaniyaning Teamdress kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirilgan investitsion loyiha doirasida Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasida tashkil etildi.
Samimiy muloqot chog’ida mamlakatimizning xususan, Farg’ona viloyatining Germaniya bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) loyihalari doirasida viloyatimizda tikuv-trikotaj sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik jarayonlari, shuningdek, KfW Germaniya taraqqiyot bankining mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimiga ajratgan grantlari asosida viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv Muhtaram Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlar natijasida mamlakatimizning YEvropa Ittifoqi, xususan, Germaniya bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotgani uchrashuv davomida alohida urg’ulandi.
Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining 2022 yil iyul oyida Germaniyaga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar, o’zaro savdo aylanmasi hajmini hamda viloyatga Germaniya investitsiyalar ko’lamini kengayishiga turtki bergani ta'kidlandi.
Evropada iqtisodiyotning turli sohalari xodimlari uchun ish kiyimlari yetkazib beruvchi yirik tuzilmalardan biri hisoblangan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi tomonidan barpo etilgan, 300 ta ish o’rniga ega zamonaviy tikuvchilik korxonasi, yillik qiymati 25 million dollar bo’lgan maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarish va to’la eksport qilish bilan birga Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan birga viloyatimiz tikuv-trikotaj sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash loyihasida ham ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Germaniya Bundestagi vakillari bugun shuningdek, KFW banki bilan birgalikda amalga oshirilgan dasturga asosan zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan viloyat ko’p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida bo’ldilar hamda Marg’ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, ta'lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta'minlashga qaratilgan Germaniya dual ta'lim tizimi joriy etish loyihasi bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram