Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GERMANIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI

×

 2024-05-02 00:08:50    6481

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov YEvropa - O’zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi raisi, Germaniyaning “Mangold” konsalting guruhi raisi Klaus Mangold bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Global Textile” kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov ham ishtirok etdi.

O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining a'zosi ham bo’lgan Klaus Mangold bilan muloqotda viloyatimiz sanoatiga to’g’ridan to’g’ri Germaniya investitsiyalarini jalb etish ko’lamini kengaytirish, Germaniyaning ilg’or kompaniyalari bilan hamkorlikda viloyatimiz hududida mashinasozlik texnologiyalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida O’zbekistonda so’nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar yurtimizning dunyoga tobora ochilishiga, YEvropa Ittifoqi, xususan, Germaniya bilan hamkorlik aloqalari jadal rivojlanishida muhim omil bo’layotgani uchrashuv davomida mamnuniyat bilan qayd etildi. Yurtimizga ilk bor 40 yil avval tashrif buyurganini esga olgan Klaus Mangold, so’nggi 6-7 yilda juda katta o’zgarishlar va o’sishga guvoh bo’layotganini qayd etib, bu islohotlarning natijasini paxta-to’qimachilik klasterlari tizimi joriy etilganida, Global Textile Infinity kabi jahon andozalari darajasidagi zamonaviy korxonalar misolida ko’rish mumkinligini ta'kidladi.

Uchrashuvda Germaniyaning avtomobilsozlik va mashinasozlik markazi bo’lgan Baden-Vyurtemberg federal yeri bilan Farg’ona viloyati o’rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini o’rnatish, ikki hudud ishbilarmonlari muloqotini tashkil etish, o’zaro amaliy tashriflarni amalga oshirish imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Shuningdek, viloyatimizda yoshlarga nemis tili va zamonaviy kasb-hunarlar o’rgatish hamda kelajakda Germaniyaning yirik sanoat korxonalarida mehnat faoliyati olib borishlariga imkoniyat yaratish masalasi ham uchrashuv kun tartibidan alohida o’rin oldi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Klaus Mangoldning o’g’li, tadbirkor Kristof Mangold tomonidan viloyatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda Germaniyaning ilg’or texnologiyalarini qo’llagan holda “daladan do’kongacha” bo’lgan uzluksiz yetkazib berish zanjirini yaratish hamda eksportga yo’naltirish loyiha taklifi ham muhokama qilindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram