Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV III XALQARO INVESTITSIYA FORUMI DOIRASIDA GERMANIYA VA XITOY BIZNESI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVLAR O’TKAZDI
2024-05-02 17:55:26 5863
Toshkentda bo’lib o’tayotgan III Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov forum doirasida Xitoyning Chengdu Shiny Technology, CAU International Trading, Vanke kompaniyalari, Germaniyaning DB Engineering & Consulting kompaniyasi, KfW hamda KfW IPEX banklari rahbarlari hamda mutasaddilari bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
Chengdu Shiny Technology kompaniyasi ta'sischi rahbari Den Bo bilan bo’lgan uchrashuvda ushbu kompaniyaning Farg’onada “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimini yaratish bo’yicha investitsiya loyihasi muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyatimizda chiqindini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish, Farg’ona viloyatida yetishtiriladigan meva va sabzavot mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish masalalarida ham hamkorlik bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Bir necha kun avval Xitoyning Sichuan provintsiyasi markazi – Chendu shahrida “Farg’ona savdo uyi”ning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgani o’zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo’lishi muloqot davomida qayd etildi.
CAU International Trading kompaniyasi bosh direktori Kamil Zunun bilan o’tkazilgan uchrashuvda viloyatimizda parrandachilik sohasida investitsion loyihani amalga oshirish, mevalarni qayta ishlash va quritilgan holatda Xitoyga eksportini tashkillash masalalari ko’rib chiqildi.
Shinjondagi Vanke kompaniyasi rahbari Ibrahim Deere bilan uchrashuvda Farg’ona shahrida Xitoy investitsiyalari hisobiga ko’p qavatli turar-joy binolari hamda Mall savdo-ko’ngilochar markazidan iborat yirik majmua qurish loyihasi muhokama qilindi.
KfW Germaniya taraqqiyot banki hamda Deutsche Bahn AG kompaniyasi tarkibiga kiruvchi DB Engineering & Consulting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda sanoat sohasi kasblariga o’qitishda o’quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga qaratilgan Germaniyaning “dual ta'lim” tizimini viloyatimizda keng joriy etish, viloyatimizda yoshlarga nemis tili va zamonaviy kasb-hunarlar o’rgatish markazlari tashkil etish, viloyat sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish loyihalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
KfW IPEX-Bank mutasaddilari hamda hamkorlari bilan uchrashuvda viloyatimizda chiqindilarni qayta ishlash sohasiga sarmoyalar kiritish borasida muzokaralar o’tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram