Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
OZARBAYJONNING PASHA HOLDING KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATI BILAN HAMKORLIK QILADI
2024-05-04 12:44:25 5002
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ozarbayjonning yirik Pasha Holding kompaniyasi boshqaruvi a'zosi, kompaniya tarkibiga kiruvchi “Azersheker” agroxoldingi Kuzatuv kengashi raisi Araz Agayevni hamda “Azersheker” direktorlar kengashi raisi Anar Mexdiyevni qabul qildi. Uchrashuvda Ozarbayjon kompaniyasining mahalliy hamkori – “Global Textile” kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razakov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda qishloq xo’jaligi sohasida, xususan, paxtachilikda va paxtani qayta ishlashda hamkorlikda qo’shma loyihalarni amalga oshirish, Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi uchun yangi bo’lgan mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash masalalari muhokama qilindi.
Viloyatimizning qishloq xo’jaligi sohasidagi imkoniyatlarini yuqori baholagan mehmonlar, Global Textile Infinity kabi jahon andozalari darajasidagi zamonaviy krrxonalar O’zbekistonni xalqaro biznes muhitida imijini oshirishda muhim o’rin tutishini qayd etdilar.
Global Textile tomonidan Ozarbayjon hududida paxta-to’qimachilik klasterining o’zbek modelini yaratish bo’yicha olib borayotgan loyiha yuzasidan fikr almashildi. Hozirgi kunda klasterning eng yaxshi agronomlari Ozarbayjonning YEvlax viloyatida o’zbek paxtasini ekish ustida ishlamoqdalar. “Azersheker” agroxoldingi bilan mavjud kelishuvga binoan, g’o’zaning tanlab olingan “Namangan -77” navini parvarishlash va yetishtirish bo’yicha tajriba o’tkazishga to’liq agrotexnik yordam ko’rsatilmoqda. Keyingi bosqichda paxtani tayyor mahsulotgacha to’la qayta ishlashini tashkil etish bo’yicha ham hamkorlik qilish belgilangan.
Uchrashuv davomida Global Textile paxta-to’qimachilik klasteri dalalarida ikkinchi ekin sifatida qand lavlagi ekishni sinov tariqasida yo’lga qo’yish hamda “Azersheker” bilan birgalikda uni qayta ishlab shakar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, makkajo’xori ekish hamda undan oziq-ovqat va chanqoqbosdi ichimliklar sanoati uchun zarur bo’lgan suyuq shakar ishlab chiqarishni sinovdan o’tkazish borasida kelishib olindi.
Shuningdek, funduk yong’og’i yetishtirishda dunyoning eng old uchtaligiga kiruvchi Ozarbayjondagi “Azersheker” ko’chatchilik ilmiy markazlarida viloyatimiz iqlimiga moslashtirilgan funduk ko’chatlari tayyorlash hamda Global Textile tizimidagi bog’larda sinov uchastkasi tashkil etilishi ham belgilandi.
Viloyatimizda qishloq xo’jaligi yerlarini qayta ishlashda dunyoning eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “Azersheker” agroxoldingi tajribasidan foydalanish bo’yicha ham rejalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram