Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI VA KOREYANING CHUNGCHONGNAM-DO PROVINTSIYASI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI
2024-05-06 22:50:44 4872
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onaga amaliy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasining Chungchongnam-do provintsiyasi gubernatori Kim Tae Xeum boshchiligidagi katta delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Nuriddin Mamajonov va Sherzod Rahimov ham ishtirok etdilar.
Viloyat hokimligida o’tgan uchrashuvda hududlararo investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi to’g’ridan to’g’ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
2023 yilning mart oyida Farg’ona viloyati delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davomida Chungchongnam-do provintsiyasida gubernator Kim Tae Xeum bilan o’tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar izchil hayotga tatbiq etilayotganini qayd etgan viloyat hokimi, bugungi uchrashuv Farg’ona va Chungchongnam-do o’rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko’tarishiga ishonch bildirdi.
Koreyaning Farg’ona viloyati bilan hamkorlik aloqalari bo’lgan xorijiy davlatlar orasida o’rni beqiyos ekanini ta'kidlagan viloyat hokimi, O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fenning bu hamkorlikni kuchaytirishdagi xizmatlarini alohida minnatdorchilik bilan e'tirof etdi.
Viloyat hokimi uchrashuvda hamkorlikda tashkil qilinishi ko’zda tutilgan qator takliflarni ham bildirdi. Xususan, Chungchongnam-do provintsiyasida investitsion vakolatxona, qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi va viloyatimiz mahsulotlari ko’rgazmasini o’z ichiga olgan "Farg’ona Savdo uyi" ochish taklifi ilgari surildi.
Farg’onadagi kichik sanoat zonalari va “Qo’qon” EIZ imkoniyatlari haqida ma'lumot berilib, viloyatimizda Koreya ishlab chiqaruvchilari parki tashkil etilayotgani va ushbu texnoparkka o’z loyihalarini joylashtirish istagida bo’lgan Chungchongnam-do tadbirkorlariga har tomonlama ko’mak berilishi bildirildi.
Qishloq xo’jaligi, IT va elektrotexnika, shaharsozlik va muhandislik yo’nalishlarida Sun Moon universitetining Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti bilan bir qatorda Farg’ona davlat universiteti bilan ham hamkorligini kengaytirishi samarali bo’lishi qayd etildi, shuningdek, Farg’ona politexnika instituti bilan texnik yo’nalishlarda qo’shma loyihalarni amalga oshirish taklif qilindi.
Chungchongnam-do provintsiyasi gubernatori Kim Tae Xeum provintsiyada vakolatxona ochishda, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini keng yo’lga qo’yishda ko’mak berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, provintsiyada 1300 nafarga yaqin o’zbekistonlik talabalar tahsil olishi, o’qish uchun kelgan yoshlar ham o’qib, ham ishlashlari uchun imkoniyatlar mavjudligi haqida aytildi. Farg’onadagi oliy o’quv yurtlaridagi namunali o’qigan talabalarga grantlar ajratish ham ma'lum qilindi. Ta'lim, madaniyat va san'at yo’nalishlarida alohida hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha ham rejalar belgilab olindi.
Bildirilgan takliflar asosida ikki tomonlama “Yo’l xaritasi” ishlab chiqishga va kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda shuningdek, Farg’ona viloyati va Chungchongnam-do provintsiyasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi anglashuv memorandumi ham imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram